🚫HOY QIZLAR... HOY YIGITLAR...🚫
Qaysi postni qaramaylik komentida urushasizlar.
Qizlar bollarni yomonliydi... Bollar esa qizlarni.
❗️Ey Qizlar siz yigitlarga teng kelishga urunmang.
Siz zaifasiz... Yigitlardan bir pog'ona pastdasiz.
❗️Hoy yigitlar siz qizlar bilan teng kelmang.
Ular Zaifalar... Sizlar ojizalar bilan emas tengingiz bilan tortishing.
❗️Ey Qizlar! Siz yigitlar bilan gap talashmang...
Ular sizni akangiz, ukangiz bo'ladi.
❗️ Ey yigitlar! Siz qizlarni hurmatsiz qilmang.
Ular sizni opangiz, singlingiz bo'ladi.
Besh qo'limiz barobar bo'lmaganidek, barcha qizlar ham, barcha yigitlar ham bir hil emas... Alloh taolo qancha insonni yaratgan bo'lsa, ularning qiyofalari ham fe'l- atvorlari ham turlicha. Siz birgina insonni deb barchani birday o'ylashingiz mutlaqo noto'g'ri.
Alloh bizni bir- birimiz bilan tortishishimiz uchun yaratmagan.
Bu holimizni Rosululloh ko'rsalar qanday ahvolga tushar edilar-a?!
Zolimlar musulmonlarni qirayotgan bir paytda, biz musulmonlar, MUSULMON bo'la turib bir - birimiz bilan tortishishimiz ahmoqlik emasmi? Bunday ahvolimizni ko'rgan kofirlar ustimizdan kulmaydimi?
Biz bir birimizni tarafimizni olib, bir tan bo'lishni o'rniga, bir - birimizni aybimizni ochmoqdamiz.
Bu nimasi ahir?
To'g'ri tanasini sotib pul topoyotgan qizlar bor, qizlarni aldovchi yigitlar bor. Ha bor. Lekin yaxshilari ham kam emas...
Qizlar, sizlar yigitlar bilan tortishmang. Sukut qiling. Past kelsangiz hech qayeringiz kamaymaydi. Qaytanga yigitlar sizni hurmat qiladi.
Chunki, yigitlar kelajakdagi rafiqasini tili burro bo'lishini emas, sukut saqlovchi itoat qiluvchisini niyat qiladilar.
Yigitlar, qizlar bilan olishmang. Ahir, teng- tengi bilan degan gap bor.
Ahir qizlar ham kelajakdagi turmush o'rtog'ini haqorat qiladigon emas, hurmat qiladigonini orzu qiladilar.
Bu bilan qizlar yigitlarga, yigitlar esa qizlarga yoqishga harakat qiling demoqchi emasman. Siz shunchaki Allohni buyrug'ini bajaring.
Sizlarga yana aytib o'taman. Bir biringiz bilan olishmang.
Qo'yilgan yangi postlar sizlarni bahsingiz uchun emas, balkim, kimgadi ibrat bo'lishi uchun, yoki kimningdir qalbiga sig'magan dardini sizlar bilan bo'lishish uchun qo'yiladi...!
Sabran yaa- Nafsin...