Haqiyqiy Muhabbat.👍👍👍 O'sha kuni tinmay yomg'ir yog'di ikki sevishgan shu yomg'irda sayr qilishdi. 3 yildan beri birga bo'lgan bu juftlik hammani havasini keltirardi. Bir kun ular urshib qolishdi va yigit orani ochiq qildi. Qiz rosa telefon qildi lekin bejavob edi, keyin sms yozdi. "Men qorong'ulikdan juda qo'rqaman uyda chiroq yo'q sham tugab boryabdi iltimos keling o'lib qolaman". Yigit buni o'qib mashinasida uchib bordi. Chunki u qizni chin dildan sevardi. Qiz yig'lab o'tirardi yigitni qattiq quchib dedi "Va'da bering meni hech qachon qorong'ulikda qoldirmaysiz ho'pmi?" Yigit "Qasam ichaman endi qo'rqma" deb va'da berdi. Qiz yengil tortdi. Yana ular birga edi.... Bir kun qiz uchrashuvga ketayotgan vaqt u o'tirgan taksi avtoxalokatga uchradi va u o'sha zaxoti olamdan o'tdi. Yigit qizni o'lganini eshitib oldiniga ishonmadi keyin o'z ko'zlari bilan ko'rgach uni qattiq quchoqlab yig'ladi. Uni umuman qo'yib yuborrmasdi. "Uni ko'mishlariga yo'l qo'ymayman, u qorong'ulikdan qo'rqadi, qabr qorong'u!" deb tinimsiz yig'lab atrofdagilarga qarshilik ko'rsatardi. Bu gapni eshitganlar hayratda edilar. Atrofga hech kimni yaqinlashtirmasdi. Ohiri yigit xona eshigini qulflab qo'ydi. Odamlar yigitning bunchalar ezilganini ko'rishib kuch ishlatgilari kelmadi va kutishga kelishishdi. Oradan 3 kun vaqt o'tdi uydan shu qadar badbo'y hid kelardiki inson zoti chidolmasdi. Oxiri eshikni buzishdi qarashsaki yigit o'lar xolatda u zo'rg'a pichirlardi "Uni ko'mmanglar, U qorong'ulikdan qo'rqadi!". Qizni yoniga borisholmadi, Yigitni tinchlantirib tashqariga olib chiqishdi va uyni yoqib yuborishdi... Yigit esa jinnixonada xali ham bir so'zni takrorlardi: "U QORONG'ULIKDAN QO'RQADI UNI KO'MMANGLAR!

Теги других блогов: Haqiyqiy Muhabbat sevishganlar qorong'ulik